Polsha delegatsiyasi Toshkent moliya institutida

Polsha delegatsiyasi Toshkent moliya institutida

2019-yil 21-may kuni Toshkent moliya institutida Polsha-O‘zbekiston “Drujba-Do‘stlik” jamiyati raisi o‘rinbosari, Polsha xalqaro munosabatlar va jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha oliy maktabi rektori M.Golos rahbarligidagi Polsha delegatsiyasi tashrif buyurdi.

Uchrashuvda institut rektori U.Azizov Polsha delegatsiyasi rahbari va a’zolarini institutga tashrif buyurganliklari uchun samimiy qutlab, Polsha delegatsiyasi a’zolariga institutning tashkiliy tuzilmasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari, fakultet va kafedralar faoliyati yuzasidan atroflicha ma’lumot berdi. Shuningdek, muloqot davomida chet ellik mehmonlarga institut to‘g‘risida tayyorlangan videorolik namoyish etildi.

Polsha delegatsiyasi rahbari, “Drujba-Do‘stlik” jamiyati raisi o‘rinbosari, Polsha xalqaro munosabatlar va jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha oliy maktabi rektori M.Golos do‘stona qabul uchun institut rektoriga minnatdorlik bildirdi. U o‘z so‘zida do‘stlik jamiyatining faoliyati, O‘zbekiston va Polsha o‘rtasida o‘zaro munosabatlarning rivojlanishida uning tutgan o‘rni hamda Polsha oliy ta’limi, xususan, o‘zi rahbarlik qilayotgan oliy maktab faoliyati to‘g‘risida keng to‘xtalib o‘tdi.

Uchrashuvda tomonlar talabalarning akademik almashinuvi, hamkorlikda ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish, birgalikda darslik va o‘quv qo‘llanmalari yaratish bo‘yicha o‘zaro kelishib oldilar. Uchrashuv chog‘ida institut rektori U.Azizov Toshkent moliya instituti hamda Polsha Xalqaro munosabatlar va jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha oliy maktabi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik qilish yuzasidan “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilishi lozimligini taklif etdi. Polsha tomoni ushbu taklifni ma’qulladi.

Uchrashuvda Toshkent moliya institutining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori I.Qo‘ziyev, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori J.Karimqulov, xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i S.Avazxodjayev, iqtidolrli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i X.Shennayev hozir bo‘ldilar. Uchrashuvda Polsha tomonidan Xelm universiteti professori Ye.Shukalskiy, ushbu universitet dekani S.Dubay, do‘stlik jamiyati raisining o‘rinbosari G.Nizyol, do‘stlik jamiyati a’zolari E.Kontek va N.Grsegorz qatnashdilar.

 

 

17:25 / 2019-05-24
Success helper
Success warning