“Davlat ilmiy loyihalari tanloviga ishtirok etish tartibi” mavzusida master-klass tashkil etildi

“Davlat ilmiy loyihalari tanloviga ishtirok etish tartibi” mavzusida master-klass tashkil etildi

Talabalar qishki ta’tili davrida “Menejment va marketing” kafedrasining ish grafigiga ko‘ra, “Menejment va marketing” hamda “Iqtisodiyot” kafedralari pedagog-xodimlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar Vazirligi huzuridagi innovatsion rivojlanish agentligi “Davlat ilmiy loyihalarini boshqarish va monitoring qilish” boshqarmasi boshlig‘i O.Qahhorov tomonidan “Davlat ilmiy loyihalari tanloviga ishtirok etish tartibi” mavzusida master klass tashkil etildi.

 

U tadbirda innovatsion  rivojlanish agentligi faoliyati, loyihalar shakllari, turlari, iqtisodiyot tarmoqlari uchun zamonaviy loyihalar ishlab chiqishda raqamlashtirish jarayoni, loyihani ishlab chiqishda me’yoriy-huquqiy hujjatlar, loyihani tayyorlash tartibi va loyihalarga qo‘yiladigan talablar, hisobot va monitoringi haqida batafsil yoritdi.

 

Tadbir kafedralar professor-o‘qituvchilari hamda agentlik bo‘lim boshlig‘i O.Qahhorov bilan ZOOM Platformasi orqali qiziqarli, savol-javob ko‘rinishida o‘tkazildi.

13:01 / 2023-12-29
Success helper
Success warning