"SANOATQURILISHBANK" ATB TOSHKENT SHAHAR MINTAQAVIY FILIALIDA QO'SHMA AMALIYOT DARSI
2019-yil 10-dekabr kuni "Sanoatqurilishbank" ATB Toshkent shahar mintaqaviy filialida institut BI-20 guruhi talabalari va "Davlatiy moliya" kafedrasi katta o'qituvchisi R.Tashmatova hamda N.Ismailovalar tashabbuslari ostida qo’shma amaliyot darsi o’tkazildi.
Mazkur amaliyot darsi "Bank muassasalarida moliyaviy nazoratni tashkil etish" mavzusida o'tkazilib, unda "Jismoniy va yuridik shahslarni kreditlash" bo'limi bosh mutaxassisi S.Mirzaeva dars mavzusi yuzasidan amaliy ma’lumotlarni taqdim etdi.
Talabalar bank muassasalarida nazoratni tashkil etish, kredit faoliyati, monitoring o’tkazish kabi ko’plab ma’lumotlarga ega bo’ldilar.