Abdulla Qahhor nomidagi stipendiya g‘olibi aniqlandi

Abdulla Qahhor nomidagi stipendiya g‘olibi aniqlandi

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida barpo etilgan Adiblar hiyobonida qad rostlagan yodgorlik - buyuk inson, serqirra yozuvchi, o‘zbek ma’rifatiga ulkan hissa qo‘shgan adib Abdulla Qahhor haykali Toshkent moliya institutiga biriktirilgan.

 

Hozirgi kunga qadar adib hayotini yaqindan o‘rganish maqsadida institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirokida qator ma’naviy-ma’rifiy hamda badiiy teatrlashgan ommaviy-an’anaviy bayram tadbirlari yuqori saviyada o‘tkazib kelinmoqda. Xususan, joriy o‘quv yili davomida institut talaba-yoshlari tomonidan Abdulla Qahhor ijodi va adabiy merosini o‘rganish bo‘yicha qator tanlov va ko‘rgazmali tadbirlar tashkil etilganligi buning dalilidir.

 

Mazkur tadbirlarning eng e’tiborli jihatilaridan biri ommaviy ijodiy tanlov sifatida institutning Abdulla Qahhor ijodini o‘rganish bo‘yicha eng faol talaba-yoshlariga “Abdulla Qahhor nomidagi stipendiya” ta’sis etilgan bo‘lib, bugungi kunga qadar mazkur stipendiya tanloviga o‘ndan ortiq nomzodlar o‘z ijodiy ishlarini topshirdilar va munosiblar ichidan eng munosibi saralandi.

 

Institut tashkiliy qo‘mita qaroriga ko’ra 2021-2022 o‘quv yili uchun “Abdulla Qahhor nomidagi stipendiya”ga Byudjet hisobi va g‘aznachilik fakulteti 2-kurs DBG‘I-50 guruh talabasi Boymurodova Lobar Tursunboy qizi munosib deb topildi. Ushbu talabaga bir o‘quv yili uchun 1-sentyabrdan boshlab 10 (o‘n) oy davomida mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining (747 300 so’m) 1 (bir) barobari miqdorida stipendiya tayinlandi.

11:40 / 2021-05-28
Success helper
Success warning