Talabalar ta’tilda, ustozlarchi?

Talabalar ta’tilda, ustozlarchi?

  Institut talabalari qishki ta’tilni yuqori saviyada o‘tkazayotgan davrda respublika bo’yicha o‘quv jarayonini kredit-modul tizimiga o’tkazish choralari doirasida professor-o‘qituvchilar hamda xodimlarga HEMIS (Oliy ta’lim tizimida o’quv jarayonlarini boshqarishning axborot tizimi) dasturida ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish bo’yicha O‘quv-uslubiy bo‘lim hamda Axborot texnologiyalari markazi mas’ul xodimlari bilan hamkorlikda haftalik “Seminar-trening” soatlari tashkil etildi.

 Shuningdek, ta’til davrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litsey faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4910-son qarorining amaldagi ijrosini ta’minlash maqsadida professor-o‘qituvchilar tomonidan institut qoshidagi akademik litsey o‘qituvchilari uchun “Master klass” darslari o’tkazildi. Darslar davomida mazkur qarordan kelib chiqib institut hamkorligida litsey o’quvchilarining matematika, ona tili va adabiyot, tarix, informatika hamda xorijiy tillarni puxta o‘zlashtirishlari va oliy ta’lim muassasalariga kirish ko’rsatkichlarini yanada yaxshilash bo’yicha muammoli vaziyatlar o’zaro muhokama qilindi.

 

11:42 / 2021-01-09
Success helper
Success warning