“SHAXSIY LOYIHALARNI YARATISHDA RAQAMLI BOZOR” MAVZUSIDA MASTER KLASS
“Elektron tijorat va raqamli iqtisodiyot” kafedrasi professor- o`qituvchilarining tashabbusi bilan 2020-yil 24-fevral kuni “Byudjet hisobi va g`aznachilik” fakultetining BET-60 akademguruh talabalariga “Shaxsiy loyihalarni yaratishda raqamli bozor” mavzusida master klass darsi bo`lib o`tdi. Ushbu master klass darsiga SOSGROUP rahbari Boboyorov Mirkomil tashrif buyurdi.
Master klass darsida Boboyorov Mirkomil talabalarga shaxsiy loyiha - muvaffaqiyatli biznes uchun kichik yechim ekanligi haqida ta`kidlab o`tdi. Raqamli bozor, elektron biznes, online banking haqida tushuncha berib, elektron biznesning internetda yuritilishi mahsulotning reklamamasi uchun eng to`g`ri tanlov bu individual loyiha uchun veb-sayt yaratish, veb-saytlarning turlari va tashkil qilish modellari haqida ma`lumotlar yetkazdi.