Talaba-yoshlar va rektor uchrashuvi

Talaba-yoshlar va rektor uchrashuvi

2021-yilning 12-aprel sanasida rektorimiz To’lqin Teshabayev va institutimizning tashabbuskor talabalari o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi.

 

Mazkur uchrashuv mamlakatimiz yoshlari orasida keng tarqalgan muammolar:

  • Talaba yoshlarning ish bilan bandlik masalalari;
  • Yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish;
  • Moddiy himoyaga muhtoj qatlamni qo’llabquvvatlash…

doirasida savol-javob hamda takliflar asosida o’tdi.

 

“Siz talaba-yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, islohotlarni amalga oshirishda yetakchi drayverlariga aylantirish, faol fuqarolik pozitsiyaga ega bo‘lishingizda barcha sharoitlarni yaratish bu bizning oldimizdagi ulkan vazifa hamda majburiyatimizdir” – deya takid etdilar To’lqin Zakirovich.

 

O’z navbatida, talabalar ham institut rahbariyatiga savollari va takliflari bilan murojaat qildilar. Ulardan bazilarini quyida misol tariqasida keltiramiz.

- Institut ARMning ish faoliyatidagi kamchiliklar (24 soatlik ishlash tartibini yo’lga qo’yish taklifi);

- Chet tillarini puxta egallashdagi mavjud muammolar (Barcha kurslar kesimida IELTS tizimi doirasida musobaqalar tashkil etish taklifi);

- Sport to’garaklarida ommaviy ishtirokning sustligi (Institutlararo, ikki tomonlama Rektorlar kubogi va rag’bati)

- Amaliy konikamalarning nazariyadan pastligi (O’quv jarayonida dasturiy ta’minotlar bilan ishlash tizimini kengaytirish taklifi).

 

15:11 / 2021-04-12
Success helper
Success warning