REKTOR KUBOGI

REKTOR KUBOGI

   Joriy yilning 27-noyabr kuni institut professor-o‘qituvchilari va ishchi-xodimlari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 28-yilligiga bag‘ishlangan “Rektor kubogi” sport musobaqalariga start berildi. Dastlabki kun musobaqalarida ayollar o’zaro bellashdilar.

    28-noyabr kuni esa erkak professor-o‘qituvchilar va ishchi-xodimlar o‘rtasida musobaqalar davom etdi. Unda stol tennisi va shaxmat bo’yicha ustozlar o’zaro bellashdilar.

   Yakuniy bosqichda mini futbol musobaqasi o’tkazildi. Ushbu musobaqada institutning xodimlaridan tashkil topgan 7 ta jamoa 2 hafta davomida faol ishtirok etdilar.

   Musobaqalar yakuni bo’yicha institut Kasaba uyushmasining esdalik sovg’alari g’oliblarga topshirildi.

 

17:14 / 2020-12-24
Success helper
Success warning