Xorijiy stajirovka va malaka oshirish dasturlarida ishtirok etish istagida bo‘lgan professor-o‘qituvchilar uchun seminar o‘tkazildi
Institutning xalqaro hamkorlik faoliyati doirasida xorijiy stajirovka va malaka oshirish dasturlarida ishtirok etish istagida bo‘lgan professor-o‘qituvchilar uchun seminar tashkil etildi.
Seminarda Innovatsion rivojlanish jamg‘armasi tomonidan e’lon qilinadigan malaka oshirish dasturlari bo‘yicha qator tanlovlarda ishtirok etish shartlari, nomzodlarga qo‘yiladigan talablar xususida mazkur tanlovlarda ishtirok etib, tajriba orttirgan Baholash ishi va investitsiyalar kafedrasi dotsenti Madina Raimjonova o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi. O‘tkazilgan seminarda nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan malaka oshirish va stajirovka dasturlarini tuzish, hamkorlar bilan ishlash masalalarida amal qilinishi lozim bo‘lgan qoidalar haqida ma’lumotlar berildi.