Sportning “Shashka-shaxmat” turi bo‘yicha tanlov tashkil etildi
2020-yil 07-fevral kuni “Elektron tijorat va raqamli iqtisodiyot” kafedrasi tomonidan kafedra xaftaliklari doirasida tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir 5 ta muhim tashabbus doirasida sportning “Shashka-shaxmat” turi bo‘yicha tanlov tariqasida tashkil etildi. Tadbir Byudjet hisobi va g‘aznachilik fakultetining talaba-yoshlarlari o‘rtasida o‘tkazildi.
Tadbirda institut murabbiylar Kengashining raisi U.Radjabov, Byudjet hisobi va g‘aznachilik fakulteti dekani R.Saidov, fakultet Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari B.Izbosarov, fakultet o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.Ibodullaev, “Elektron tijorat va raqamli iqtisodiyot” kafedrasi pedogog xodimlari ishtirok etdilar.
Tanlov 3 bosqichda bo‘lib o‘tdi va shaxmat-shashka bo‘yicha mohir talabalar faxriy yorliqlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.