“Shirinobod” mahallasida xayru-saxovat bayram tadbiri

“Shirinobod” mahallasida xayru-saxovat bayram tadbiri

   O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev rahbarligida 2021-yil 19-yanvar kuni o‘tkazilgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi yig‘ilishining 3-sonli bayoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-fevraldagi “Mahallabay tizimini joriy qilish bo‘yicha mahallalarga biriktirilgan vazirliklar va idoralar tomonidan joylarda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar to‘g‘risida”gi 19-son bayonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Yashnobod tumanidagi “Shirinobod” mahallasiga biriktirilgan Toshkent moliya instituti jamoasi tomonidan “Navro‘z ayyomingiz muborak bo‘lsin!” xayru-saxovat bayram tadbiri o‘tkazildi.

 

   Ushbu tadbir davomida mahallada istiqomat qilayotgan kam ta’minlangan, temir daftarga kiritilgan, nogiron va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi vakillari holidan xabar olinib, bayram dasturxoni tashkil etildi.

 

  Bayram tadbirida mahalladagi 2 nafar nogiron fuqarolarga nogironlik aravachasi, 50 nafar xonadon egalariga ozoq-ovqat mahsulotlari, 50 nafar kam ta’minlangan fuqarolarga xo‘jalik mollari hamda 220 nafar xonadon egalariga bayram oshi va sumalak taomi tarqatildi.

 

  Institut qoshida yosh va iste’dodli ustoz va talabalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan “Moliyachi gulshani” ashula va raqs ansamblining kontsert dasturi mahalla ahli kayfiyatiga ko‘tarinkilik bahsh etdi.

 

11:27 / 2021-03-19
Success helper
Success warning