“Singapur ta’lim tajribasi va uni joriy etish istiqbollari” mavzusida master-klass o‘tkazildi

“Singapur ta’lim tajribasi va uni joriy etish istiqbollari” mavzusida master-klass o‘tkazildi

Joriy yilning 28-dekabr kuni “Iqtisodiyot” fakulteti “Menejment va marketing” kafedrasi tomonidan kafedraning qishki ta’til davridagi ish grafigi bo‘yicha master-klass tashkil qilindi.

Master-klass “Menejment va marketing” kafedrasi professori., DSc Allayarov Shamsiddin Amanullayevich hamda kafedra dotsenti., PhD Sobirjonov Sanjar Sobirjonovich tomonidan “Singapur ta’lim tajribasi va uni joriy etish istiqbollari” mavzusida o‘tkazildi.

 

Ushbu master-klassda Singapur milliy universiteti huzuridagi Li Kuan Yu nomidagi Davlat siyosati maktabi, noodatiy baholash tizimi, integrallashgan ta’lim dasturi (Integrated Programme), ta’lim stipendiyasi yoki grantni olish tartibi, tadqiqot markazla­rida ilmiy izlanish olib borishi haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

 

 

 

Master-klass davomida kafedraning professor-o‘qituvchilari mavzu bo‘yicha yangi bilimlarga ega bo‘lib, o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javoblar olishdi.

17:00 / 2023-12-28
Success helper
Success warning