Talabamiz “Speedcubing” sporti turida 3 ta yoʻnalish boʻyicha Qozogʻiston Respublikasida oʻtkazilgan chempionat gʻolibi boʻldi

Talabamiz “Speedcubing” sporti turida 3 ta yoʻnalish boʻyicha Qozogʻiston Respublikasida oʻtkazilgan chempionat gʻolibi boʻldi

 

Joriy yilning 25-26-mart kunlari Qozogʻiston Respublikasi Almaty shahrida “Speedcubing” sporti boʻyicha ochiq chempionati boʻlib oʻtdi. 
 

Ushbu musobaqada  institutimiz Sirtqi fakulteti SBIA-90/21-guruh talabasi Yusupov Bekzodjon 3 ta yoʻnalish boʻyicha (3x3 kubikni harakatlar soniga terish, Clock, 4x4 kubikni koʻzni yumib terish) I-oʻrinni egalladi.
 

Ushbu gʻalaba bilan Toshkent moliya instituti hamda “Sirtqi” fakulteti jamoasi “Jismoniy madaniyat va sport faoliyati” kafedrasi professor-oʻqituvchilarini, shuningdek, B.Yusupovni samimiy qutlaydi. Yusupov Bekzodjonning kelgusidagi faoliyatiga ulkan zafarlar tilaydi.

 

18:14 / 2023-03-30
Success helper
Success warning