“Sport – nafislik va salomatlik manbai” ayollar sport festivali

“Sport – nafislik va salomatlik manbai” ayollar sport festivali

 Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tizimdagi oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan ayol pedagog xodimlar tarkibidan sportning shaxmat, stol tennisi, badminton, suzish, gimnastika turlari bo‘yicha o‘zining sport komandasini shakllantirish va respublikaning turli vazirlik, idora va tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar o‘rtasida “Sport – nafislik va salomatlik manbai” shiori ostida ayollar sport festivalida ishtirok etish maqsadida 2020-yil 13-fevral kuni Toshkent moliya institutiga qarashli Sport majmuasida saralash musobaqalari o‘tkazildi.

 

 Qiziqarli va do‘stona o‘tgan musobaqalarda o’qituvchilar R.Sarsenbayeva, L.Sabirova, S.To‘laganova, S.Abdulxalilova, Z.Saidaxmedova, N.Samadovalar faol ishtirok etdilar va respublika miqyosidagi ayollar sport festivalida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdilar. Endi ular joriy yilning 27-fevral kuni bo‘lib o‘tadigan sport festivalida vazirlik sharafini himoya qiladilar. Respublika musobaqalarida sportchi ayollarimizga omad va g‘alabalar tilab qolamiz.

 

 

 

17:11 / 2020-02-15
Success helper
Success warning