"Startap-tashabbuslari"ga sayyor dars

"Startap-tashabbuslari"ga sayyor dars

 2020-yil 2-mart kuni "Ishlab chiqarish va ta'limni integratsiyalashuvi" doirasida "Bank Ishi Fakulteti" BI-10 guruh talabalari bilan "Innovatsion tadbirkorlik asoslari" fanidan "Innovatsion tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirish" mavzusidagi ma'ruza darsi "Iqtisodiyot" kafedrasi dotsenti N.S.Qosimova tomonidan sayyor dars shaklida tashkil etildi. Sayyor dars O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi press-klubida bo'lib o'tayotgan Y1oshlar startap-loyihalarini qo'llab-quvvatlash "Startap-tashabbuslari" dasturining Demo Day tadbirida bo'lib o'tdi. Talabalar mamlakatimizda yoshlarning intellektual va ijodiy salohiyatini ro'yobga chiqarish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, yoshlarning innovatsion g'oyalari va biznes loyihalarini rag'batlantirish va rivojlantirishni qo'llab-quvvatlash doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlardan biri bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo'ldilar. Ushbu tadbirning final bosqichiga o'tgan 25 jamoa o'z loyihalarini taqdim qildilar. "Demo Day" yakuni bo'yicha eng yaxshi deb topilgan beshta loyiha egalari o'z g'oyalarini rivojlantirish uchun beminnat investitsiya shaklidagi pul mukofotlariga ega bo'ldilar.

 

 

16:27 / 2020-03-06
Success helper
Success warning