Toshkent moliya institutida “Statistika ilmiy-amaliy laboratoriyasi” ochildi

Toshkent moliya institutida “Statistika ilmiy-amaliy laboratoriyasi” ochildi

Institutda ilmiy faoliyat natijadorligini oshirish, tadqiqotlarni ishlab chiqarish bilan integratsiya qilish, iqtidorli talabalar ilmiy izlanishlar olib borishi uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, taʼlim, fan va ishlab chiqarishning integratsiyasini amalga oshirish maqsadida Davlat statistika qo‘mitasi bilan hamkorlikda “Statistika ilmiy-amaliy laboratoriya” ochildi.

 

 

 

Unda institut rektori T.Teshabayev, Qo‘mita raisi B.Begalov, mutaxassislar, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

 

 

Ochilish marosimi avvalida Toshkent moliya instituti hamda Davlat statistika qo‘mitasi o‘rtasida birgalikdagi keng qamrovli faoliyatni nazarda tutuvchi hamkorlik memorandumi imzolandi.

 

 

Shundan so‘ng, o‘zaro hamkorlikda tashkil etilgan “Statistika ilmiy-amaliy laboratoriyasi”ning ochilish marosimi ham bo‘lib o‘tdi. So‘zga chiqqanlar mamlakatimizning iqtisodiy-ijtimoiy hayotida statistik ko‘rsatkichlarning tutgan o‘rni hamda oliy taʼlim tizimida davlat tashkilotlarining o‘zaro integratsiyasini yana-da kuchaytirish borasidagi amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashishdi.

 

 

 

 

 


Laboratoriya zamonaviy kompyuterlar bilan jihozlangan bo‘lib, eStat 4.0 avtomatlashtirilgan axborot tizimi bilan bog‘langan. Bu orqali talabalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri statistika hisobotlar tarkibi hamda ma’lumotlar shakllanishini amaliyotda ko‘rishlari mumkin.

 

 


 

13:55 / 2022-10-18
Success helper
Success warning