Sug‘urta bozorining yetakchi kompaniyasi raxbari institut talaba-yoshlari bilan uchrashdi
2020-yil 11-fevral kuni milliy sug‘urta bozorining yirik operatorlaridan biri “Kafolat” sug‘urta komppaniyasi Boshqaruvi raisi S.S.Nasretdinov institutimizga tashrif buyurib, talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Tadbirda S.S.Nasretdinov bugungi kunda mamlakat sug‘urta bozorida amalga oshirilayotgan islohotlar, aholining sohaga bo‘lgan munosabatidagi o‘zgarishlar xususida talaba-yoshlarga batafsil ma’lumot berdi. Ochiq muloqotda kompaniya rahbari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining sug‘urta bozorini isloh qilish va uning jadal rivojlanishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-4412-son qarorining mazmun-mohiyati va uni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha alohida to‘xtalib o‘tdi. Savol-javoblarga boy bo‘lgan tadbir institut talaba-yoshlari o‘rtasida katta qiziqish uyg‘otdi.