MChJ “Summus Finis” baholash kompaniyasida sayyor dars

MChJ “Summus Finis” baholash kompaniyasida sayyor dars

 2019-yilning 9-dekabr sanasida Toshkent moliya instituti “Baholash ishi va investisiyalar” kafedrasining dosenti, i.f.n. M.Raimjanova tomonidan BIR-5 guruhi magistratura talabalariga “Qimmatli qog’ozlar qiymatini baholash” fanidan sayyor dars tashkil etildi. Sayyor dars MChJ “Summus Finis” baholash kompaniyasining ofisida bo’lib o’tdi.

 

 Sayyor darsni Sharipov Asliddin Fazliddin o’g’li olib bordi. Ushbu kompaniya ko’char mulk, ko’chmas mulk va biznes qiymatini baholash, audit, TIA, biznes plan tuzish bilan shug’ullanadi. Ushbu firmaning mijozlari qatorida “O’zbekiston Temir yo’llari” AJ, “O’zbekenergo” DAJ, “Dori-darmon” AK, “Olmaliq tog’ metalurgiya kombinati”, “O’ztransgaz” AJ, “TTZ” AJ, “O’zkimyosanoat” AJ, “Bekobodsement” AJ, “Navoiyazot” AJ, “Agregat zavodi” AJ, “DD General Insurance” MChJ va bir qator bank hamda sug’urta kompaniyalarini ko’rish mumkin. “Summus Finis” MChJda faoliyat olib borayotgan xodimlar CIPA, ICFM, ACCA, CFA kabi xalqaro sertifikatlarga ega.

 

 

20:14 / 2019-12-12
Success helper
Success warning