Ta’lim sifatini oshirishning muhim vositasi

Ta’lim sifatini oshirishning muhim vositasi

 

 

2023-yil 30-mart kuni “Sug‘urta va pensiya ishi” kafedrasining tashabbusi bilan “Kapital sug‘urta” sug‘urta kompaniyasi strategik rivojlantirish departamenti direktori A.Musaev tomonidan Soliqlar va sug‘urta fakulteti, 3-kurs “Sug‘urta ishi” ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “Kapital sug‘urta” kompaniyasining faoliyat yo‘nalishlari mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi.
 

Mahorat darsida “Sug‘urta va pensiya ishi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari ham ishtirok etdilar. A.Musaev o‘z ma’ruzasida sug‘urta qonunchiligi, sug‘urta faoliyatini nazorat qilish va sug‘urta shartnomasini tuzishning qoidalari to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berdi.
 

Mahorat darsi talabalar bilan faol muloqot o‘rnatish va savol-javob tarzida qiziqarli va hayotiy misollarga tayanilgan holda tashkil etildi.
 

Bir so‘z bilan aytganda, “Kapital sug‘urta” kompaniyasi departament direktori A.Musaev tomonidan o‘tkazilgan mahorat darsi talabalar o‘rtasida katta taassurot qoldirdi.

 

13:29 / 2023-04-03
Success helper
Success warning