Debretsen universiteti bilan memorandum imzolandi

Debretsen universiteti bilan memorandum imzolandi

Xabaringiz bor, 2021-yilning 21-23-iyun kunlari O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi va Vengriyaning O'zbekistondagi elchixonasi hamkorligida O'zbekiston va Vengriya rektorlarining ilk forumi o'z ishini boshladi. Xalqaro forumda ikki mamlakatning yuqori martabali davlat hokimiyati vakillari va 30 ga yaqin nufuzli oliy ta'lim muassasasi rektorlari ishtirok etmoqda.

 

Forumning ilk kuni Toshkent moliya instituti hamda Vengriyaning Debretsen universiteti bilan o'zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

 

Ushbu forumning uzviy davomi institutda bo'lib o'tdi. Debretsen universiteti prorektori E.Xarshani institutga tashrif buyurdi va muassasa bo'ylab sayohat tashkil etildi. Institut rektori T.Teshabayev va  E.Xarshani istiqboldagi ustuvor yo'nalishlar va hamkorlik aloqalarini mustahkamlash bo'yicha o'zaro fikr almashdilar. 

 

 

 

17:09 / 2021-06-22
Success helper
Success warning