TMI Innoweekda

TMI Innoweekda

      Joriy yilning 3-8-noyabr kunlari respublikamiz miqyosida Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan ilk marotaba onlayn formatda Innoweek innovatsion g‘oyalar haftaligi o‘tkazilmoqda.

     Ushbu tadbir doirasida Toshkent moliya institutining Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi hodimlari, “Menejment va marketing”, “Iqtisodiy tahlil” va “Moliya” kafedralarining bir guruh professor-o‘qituvchilari Innovatsion rivojlanish vazirligiga tashrif buyurib, innovatsion xizmatlar ko‘rsatish va o‘zaro hamkorlik shartnomalarini imzolashga bag‘ishlangan tantanali marosimida ishtirok etdilar.

       Eng quvonarlisi, tadbir davamida "PACIFIC ACCOUNTING AND CONSULTING GROUP" qo‘shma korxonasi rahbari O.Mirzaev bilan “Menejment va marketing” kafedrasi mudiri Sh.Allayarov 67,0 mln.so‘mlik, "FAZO-LUXE" MChJ rahbari Zubayr Axmed Xan bilan “Iqtisodiy tahlil” kafedrasi mudiri B.Xakimov 50,0 mln.so‘mlik "Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning kreditga layoqatliligini baholashning skoring modeli" elektron dasturini joriy etish uchun shartnomalarni imzolashga erishdilar.

       Tadbir so‘ngida Innovatsion rivojlanish vazirligi xodimlari Toshkent moliya instituti va xo‘jalik yurituvchi subyektlar vakillariga birinchilardan bo‘lib mazkur marosimda ishtirok etganlikari uchun samimiy minnatdorchilik bildirib, ushbu hamkorlikdan manfaatdor ekanliklari va uni kelajakda yanada rivojlantirish zarurligini ta’kidladilar.

11:20 / 2020-11-08
Success helper
Success warning