Toshkent moliya instituti hamda ATB “Tenge bank” hamkorlik aloqalari
Joriy yil 29-oktabr kuni Toshkent moliya instituti Bank ishi fakulteti hamda AJ “Qozog`iston Xalq Banki” filiali ATB “Tenge Bank” hamkorligida 4-bosqich bitiruvchi talabalariga seminar-trening tashkil etildi. Seminar-treningdan ko`zlangan asosiy maqsad bitiruvchilarga zamonaviy bank tizimi, kredit risklarini boshqarish, kredit qarzdorligini yig`ish, O`zbekistondagi naqd pulsiz hisob-kitoblarni yanada rivojlantirish bo`yicha spikerlar tomonidan yanada to`liqroq tushuntirishdan iborat. Tadbirda ATB “Tenge bank” boshqaruvchisining o`rinbosari U.Tavakkalov, “Bank ishi” kafedrasi mudiri A.Omonov, dekan muovini B.Boyev hamda bitiruvchi talabalar ishtirok etdilar.
Tadbir so`ngida talabalar o`zlarining qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.