TIF Milliy banki bilan ikki tomonlama hamkorlik
Joriy yilning 18-oktyabr kuni Yurtimizdagi yetakchi tijorat banklaridan biri O'zbekiston Milliy banki va Toshkent moliya instituti oʻrtasida oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida memorandum imzolandi.
Mazkur tadbirda institut rektori T.Teshabayev, Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor S.Mehmonov, Marketing va talabalar amaliyoti boʻlimi boshligʻi Oʻ.Dusboyev, TIF Milliy bank Boshqaruv raisi oʻrinbosari B.Alimov, Bankning xodimlar bilan ishlash departamenti direktori J.Meliyev va Bank filiallariga xodimlarni ishga qabul qilish va adaptatsiya sektori mudiri O.Djoʻrayevlar ishtirok etdilar.
Mazkur ikki tomonlama keng qamrovli hamkorlik har ikki tomon uchun ham dolzarb boʻlgan yoʻnalishlarda ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, ularda ishtirok etish uchun institutning yuqori ilmiy salohiyatga ega boʻlgan yetakchi xodimlarini, institut iqtidorli talabalari va tadqiqotchilarini jalb qilish, shuningdek, oʻquv va ishlab chiqarish amaliyotlarini tashkil etish, amaliy tajribalar almashish, talabalarning bandligini taʼminlash, nazariy bilimlarni amaliyotda qoʻllash imkonini beruvchi markaz tashkil etish kabi muhim ishlar kabi muhim masalalarni oʻz ichiga olgan.