Ural davlat iqtisodiyot universiteti bilan istiqboldagi hamkorlik vazifalari muhokama etildi
2021-yil 25-noyabr kuni Ural davlat iqtisodiyot universiteti rektori professor Yakov Petrovich Silin boshchiligidagi delegatsiya ikki tomonlama strategik hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida Toshkent moliya institutiga tashrif buyurdi. Xorijiy mehmonlarni institut rektori Prof. T.Teshabaev kutib oldilar.
Uchrashuv davomida magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha qo‘shma diplom dasturini yo‘lga qo‘yish hamda talabalar va professor o‘qituvchilar akademik mobilligini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.