TMI xayrli tashabbus - hashar doirasida
Hukumat farmoyishiga asosan sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2021-yilning avgust oyi “Mahallalarni obodonlashtirish” oyligi etib belgilandi.
Shunga ko‘ra, 21-avgust kuni mamlakatimiz bo‘ylab “Yangi Oʻzbekistonda erkin va farovon yashaylik” shiori ostida umumxalq obodonlashtirish xayriya hashari o‘tkazilmoqda.
Mazkur xayrli tashabbus doirasida Toshkent moliya institutining ahil jamoasi ham faol ishtirok etib, keng ko’lamdagi obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarini olib bormoqdalar.