Hafta davomida talabalar bilan ochiq muloqot

Hafta davomida talabalar bilan ochiq muloqot

2021-yilning 18-yanvar kunidan boshlab Toshkent moliya instituti rahbariyati, fakultet dekanlari, bo’lim boshliqlari va institutning barcha fakultet talabalari oʻrtasida ochiq muloqot tadbirlari bo’lib o’tmoqda.

 

Muloqotda mamlakatimizda olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar va bu islohotlar zamirida talaba-yoshlarning ishtiroki, shuning bilan birga, institutdagi taʻlim tizimi, darslarning sifati, professor-oʻqituvchilarning ilmiy salohiyati, maʻnaviy-maʻrifiy tadbirlar, axborot-resurs markazi, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar haqida institutda tahsil olayotgan birinchi bosqich bakalavr talabalariga va magistrantlarga ma’lumotlar yetkazildi.

 

O’z navbatida talabalar ham ularni oʻylantirayotgan muammo va kamchiliklar, oʻqituvchi-pedagoglarning darslarni oʻtish sifati, institutda yaratilgan shoroitlar darajasi, maʻnaviy-maʻrifiy tadbirlar koʻlami, institut Yoshlar ittifoqi va xalqaro bo’lim foliyati hamda shu kabi muhim masalalar yuzasidan mas’ullarga savol va takliflarini berdilar.

 

Ochiq muloqotning navbatdagilari qo’shma fakultetlar va ikkinchi bosqich talabalari uchun bo’lib o’tadi.

 

 

12:00 / 2021-01-20
Success helper
Success warning