“Teatr-tarbiya maskani” mavzusida davra suxbati

“Teatr-tarbiya maskani” mavzusida davra suxbati

 2019-yil 17-dekabr kuni Buxgalteriya hisobi va audit fakultetida kafedra xaftaligi doirasida “Teatr-tarbiya maskani” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi. Tadbirda O’zbek milliy akademik drama teatri aktrisalari: O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Madina Muxtorova va Vazira Yunusovalar ishtirok etdilar.

 

 “…Teatr- faqatgina ma’naviy hordiq chiqazish maskani emas, teatr ibratxona bo’lgani uchun ham biz unga talpinamiz. Har bir spektakl insonni o’ylashga, mushohada yuritishga undaydigan chuqur mazmunga egaligi bilan yoshlarimiz ma’naviyatiga ijobiy ta’sirini o’tkazadi desak, adashmagan bo’lamiz. Spektakllarni tomosha qilish jarayonida inson ongida ijobiy bir fikr uyg’onishi tabiiy. Ularda insonlarni yaxshilikka yetaklovchi bir sehr bor. Afsus, bugungi kun yoshlarining bu “Ibratxonaga” tashriflari keskin kamaydi. Bunga biz kattalar ham birdek aybdormiz. Biz o’rnak bo’la olmayapmiz, biz ularni ortimizdan ergashadigan darajadagi ustozlik qila olmayapmiz”-deya ta’kid etdilar tadbir mexmonlari.

 

 Tadbir davomida teatr aktrisalari o’z ijod na’munalaridan talabalarga she’r va qo’shiqlar kuylab, yangi yil kayfiyatini ulashdilar.

 

 

14:30 / 2019-12-18
Success helper
Success warning