TMI talablari "TechnoWays" texnologik rivojlanish marafonida ishtirok etishdi
Joriy yil 10-oktabr kuni poytaxtimizning INNO texnoparkida iqtidorli yoshlarni kashf qilish va ularning innovatsion loyihalarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan "TechnoWays" texnologik rivojlanish marafoni boʻlib oʻtdi.
Mazkur marafonda Toshkent moliya instituti iqtidorli talabalari ham oʻzlarining startap loyiha, ishlanma va mahsulotlari bilan ishtirok etishdi.
Maʼlumot uchun: "TechnoWays" texnologik rivojlanish marafoni 12 ta viloyat va Qoraqalpogʻiston Respublikasida oʻtkazildi. Toshkent shahar bosqichi ishtirokchilari 2 kun davomida soha mutaxassislari va ekspertlariga oʻz loyihalari taqdimotini oʻtkazishadi.
Eng yaxshi 3 ta loyiha egalari ragʻbatlantiriladi.