Til-madaniyatimiz mashʼali
21-oktyabr sanasida Toshkent moliya instituti jamoasi Adiblar xiyoboni maskanida Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 31 yilligi munosabati bilan “Til-madaniyatimiz mashʼali” deb nomlangan bayram tadbirini tashkil etdilar.
Tadbirni institut rektori Teshabayev To'lqin Zakirovich ochib berdi. Bayram tadbiriga Oliy majlis Qonunchilik palatasi deputati, kompozitor Oydin Abdullaeva va Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid va boshqa ko’plab mexmonlar tashrif buyurdilar.
Bayram tadbiri davomida “Rus tilini ikkinchi ona tilimiz deyishimiz uchun o‘z ona tilimizni bilishimiz kerak!” deya oʻzbek tiliga cheksiz muhabbat tuygʻusini o’z asrlarida katta mahorat bilan gavdalantirgan buyuk yozuvchi Abdulla Qahhor xotirasi yod etildi.