Turkiya oliy o’quv yurtlari bilan xalqaro hamkorlik
Joriy yilning 23-oktabr kuni Turkiyaning Istanbul Tijorat universiteti va Yozgat Bozok Universitetlari rahbar va xodimlari boshchiligidagi delegatsiya o‘zaro manfaatli hamkorlikni o‘rnatish maqsadida Toshkent moliya institutiga tashrif buyurdi. Xorijiy mehmonlarni institut rektori Prof. T.Teshabayev kutib oldilar.
Uchrashuv davomida ikki oliy ta’lim muassasasi hamkorligida talabalar, professor-o‘qituvchilar hamda ilmiy-tadqiqotchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, qo‘shma tadqiqotlar tashkil etish masalalari muhokama etildi.
Uchrashuv yakunida ikki tomonlama akademik hamkorlikni o‘rnatish bo‘yicha shartnoma imzolandi.