“Muvaffaqiyatli kelajak nimadan boshlanadi?”  mavzusida trening oʻtkazildi

“Muvaffaqiyatli kelajak nimadan boshlanadi?”  mavzusida trening oʻtkazildi

Joriy yilning 22-noyabr kuni Toshkent moliya institutida “Buxgalteriya hisobi va audit” fakulteti tashabbusi bilan "IDP IELTS",  "Eduaction", "Khan academy", CIU, CIC ,"KimyoUz", "Aroma air" kompaniyalarining asoschisi Umidjon Ishmuhammedov ishtirokida trening oʻtkazildi. 
 
Mazkur trening orqali talabalar Umidjon Ishmuhammedovdan hayotdagi har bir inson oʻz oldiga qoʻygan maqsadlarini aniqlab olishi, taʼlimda bugungi kundagi zamonaviy tendensiyalar, zamonaviy kadrlar bilishi kerak boʻlgan xorijiy talablar, kelajakda muvaffaqiyatga erishish yoʻnalishlari borasida foydali boʻlgan maslahatlarni olishdi.

Trening soʻngida talabalar muvaffaqiyatli kelajakka erishish borasidagi oʻzlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishdi hamda tadbirning samarali oʻtganligini taʼkidlashdi.




#trening #Umidjon_Ishmuhammedov

18:36 / 2021-11-23
Success helper
Success warning