XI Yevroosiyo iqtisodiy forumi

XI Yevroosiyo iqtisodiy forumi

2021-yilning 20-aprel sanasida Ural davlat iqtisodiyot universitetida "Rossiya va dunyo mintaqalari: g'oyalar va imkoniyatlar iqtisodiyoti timsoli" shiori ostida XI Yevroosiyo yoshlar iqtisodiy forumining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Unda Rossiyaning 74 mintaqasidan 5500 dan ortiq ishtirokchilar va dunyoning 64 ta davlat vakillari qatnashdi.

 

Yoshlar forumining yalpi majlisida Toshkent moliya instituti rektori Teshabayev To'lqin Zakirovich ham ishtirok etib, oliy o'quv yurtlarining o’zaro hamkorligi iqtisodiyotni ham innovatsion rivojlantirish, ham yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashda ilmiy-texnikaviy bosqichni tashkil etishda muhimligini ta'kidlab o'tdi.

 

Shuningdek, Forum doirasida Toshkent moliya instituti "Iqtisodiyot" kafedrasi bilan hamkorlikda "Resurslarni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish uchun investitsiyalarni jalb qilishni rag'batlantirish vositalari" mavzusida xalqaro konferensiya bo'lib o'tdi. Konferensiyada institut professor-o'qituvchilari, doktorantlari va magistrlari ishtirok etdilar. Ishtirokchilar konferensiya ishini yuqori baholadilar va bunday tadbirlarni muntazam o'tkazish istagini bildirdilar. Konferensiyaning yakuniy rezolyutsiyasining asosiy qoidalari ma'qullandi.

 

17:58 / 2021-04-20
Success helper
Success warning