Xalqaro oʻquv va ilmiy integratsiya kengaymoqda

Xalqaro oʻquv va ilmiy integratsiya kengaymoqda

 

Institut professor-oʻqituvchilari va rahbar-xodimlarining xalqaro universitetlar olimlari bilan oʻzaro ilmiy-ijodiy ishlar samaradorligini oshirish, ilmiy faoliyatda xalqaro integratsiyani yanada mustahkamlash maqsadida institutning Xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi, PhD. Avazxodjayev Saloxiddin Shaxabiddinovich Slovakiya Respublikasi Taʻlim, fan, tadqiqot va sport vazirligining moliyaviy koʻmagi asosida Komenius Universitetiga (Comenius University, TOP-500) 2022-yilning 1-noyabridan 2023-yilning 31-avgustiga qadar “Miqdoriy usullar” kafedrasiga (Department of Quantitative Methods) katta ilmiy xodim lavozimiga ishga qabul qilindi.






 

Shu munosabat bilan, S.Avazxodjaev xorijiy universitet talabalariga “Financial Modeling” va “Quantitative analysis in Empirical Finance” fanlaridan maʻruza mashgʻulotlarini olib borish, professor-oʻqituvchilar bilan ijodiy hamkorlikda ilmiy maqolalar tayyorlash maqsadida, 2022-yilning 3-noyabridan 3-dekabriga qadar xorijiy xizmat safarida boʻlib turibdi.

 

Xizmat safarining ilk ish kunida Komenius universitetining “Menejment” fakulteti dekani Prof. Michal Gregus va “Miqdoriy usullar” kafedrasi mudiri Prof. Maria Bohdalovalar bilan Toshkent moliya instituti professor-oʻqituvchilarining ilmiy va taʻlim yoʻnalishida yaqin hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, qisqa muddatli malaka oshirish jarayonlarini tashkil etish masalalari muhokama etildi.
 

21:46 / 2022-11-07
Success helper
Success warning