Xalqaro e'tirof!

Xalqaro e'tirof!


Toshkent moliya institutining “Xalqaro moliya va hisob” ilmiy elektron jurnalini rivojlantirish, xalqaro miqyosda uning nufuzini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida mazkur jurnal xalqaro DOI (Digital Object Identifier) platformasiga kiritildi va unga https://doi.org/10.34920/2181-1016/jofifa sonli DOI raqami taqdim etildi. Yaqin istiqbolda ushbu jurnalda chop etiladigan maqolalarning iqtiboslik darajasini oshirish maqsadida  xalqaro miqyosda tan olingan boshqa ilmiy ma'lumotlar bazalariga kiritish bo‘yicha amaliy ishlar davom etmoqda.                                         

DOI haqida ma'lumot: DOI (raqamli ob'ekt identifikatori) yoki raqamli ob'ekt identifikatori - bu barcha yirik xalqaro ilmiy tashkilotlar va nashriyotlar tomonidan qo‘llaniladigan Internetda ma'lumot taqdim etishni belgilash uchun zamonaviy platfarma hisoblanadi. Hozirgi vaqtda DOI internetda joylashtirilgan ilmiy ma'lumotlarni aniqlash va olishning eng ishonchli va jahon miqyosida tan olingan vositasidir

12:50 / 2022-07-21
Success helper
Success warning