"YAXSHILIK QILING" XAYRIYA AKSIYASI

"YAXSHILIK QILING" XAYRIYA AKSIYASI

 Mamlakatimizda mehr va e'tiborga muhtoj bolalarning borligi va “Mehribonlik uyi” ularning doimiy uylariga aylanganligi achinarli holat.

 

 An'anaga ko'ra "Buxgalteriya hisobi va audit" fakulteti talabalari yangi yil bayrami arafasida ana shunday mehrga muhtoj jajji bolajonlarga "Biz bilan bolalarga bayram ulashing" shiori ostida "Yaxshilik qiling" xayriya aksiyasini o'tkazdilar.

 

 Bu yilgi xayriya aksiyasida 300 dan ortiq talabalar ishtirok etdi, ular tamonida 2 mln 237 ming so’m mablag’ to’plandi. Bu mablag’lar ezgulikka: Toshkent shahridagi 30-sonli “Mehribonlik uyi” tarbiyalanuvchilariga sovg'alar ulashishga, bayramona ziyofat tashkil etishga sarflandi.

 

 Talabalar kengashining faollari bolalar bilan turli viktorinalar, tanlovlar, she’rlar va raqslari ijro etib ularning kayfiyatlarini yanada oshirishga muvaffaq bo’ldilar.

 

 Mehr-oqibat va iliqlik muhitida bo’lganimizda O'zbekistondagi har bir bola yolg'iz emasligini his etishlari va o'z navbatida, ularning kelajagi uchun qo'limizdan kelgancha yaxshilik qilishimiz lozimligiga amin bo’ldik. Bolalarning mehrli ko’zlari, yorqin tabassumlari va ularning xursandchiligini ko’rish insonda baxt hissini uyg’otdi!

 

 Shu o’rinda, tashabbusimizni qo'llab-quvvatlagan, ushbu xayriya aksiyasida faol ishtirok etgan barchaga tashakkur bildiramiz. Kundan-kunga yashnayotgan O'zbekistonimizda tinchlik, mehr-oqibat va farovonlik abadiy bo’lsin.

 

 

14:54 / 2019-12-24
Success helper
Success warning