YUNUSOBOD TUMANI HOKIMLIGI MOLIYA BO‘LIMIDA QO’SHMA AMALIYOT DARSI TASHKIL ETILDI

YUNUSOBOD TUMANI HOKIMLIGI MOLIYA BO‘LIMIDA QO’SHMA AMALIYOT DARSI TASHKIL ETILDI

 Qo‘shma amaliyot va sayyor darslarni o‘tkazish grafigiga muvofiq 2019-yilning 14-dekabr kuni “Davlatiy moliya” kafedrasi o‘qituvchilari Tuxtabaeva S. va Jumaniyazov I. rahbarligida Moliya fakulteti MM-21 va MM-90,96 guruhlari uchun Yunusobod tumani hokimligi moliya bo‘limida qo‘shma amaliyot darsi tashkil etildi.

 

 Dars davomida bo‘lim mudiri Obidov Shoxruz Rauf o‘g‘li xarajatlarni moliyalashtirishning smetali tartibi orqali moliyalashtirish hamda byudjet tashkilotlari xarajatlarini davlat xaridlari orqali amalga oshirish amaliyoti bo‘yicha ma’lumot berdi. U xaridlarning turlari, ushbu tizimdagi muammolar va bugungi kundagi rivojlanish istiqbollari haqida batafsil to‘xtaldi.

 

 Dars mazmunli va amaliy ruhda o‘tdi.

 

 

17:25 / 2019-12-16
Success helper
Success warning