“Yangi O‘zbekiston – yangicha dunyoqarash” tadbirlari davom etmoqda.
Avval xabar berganimizdek respublika bo’ylab oliy ta’lim muassasalari rahbar-hodimlari va boshqa mas’ullar ishtirokidagi targ‘ibot guruhlari “Yangi O‘zbekiston – yangicha dunyoqarash” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy, madaniy tadbirlarda faol ishtirok etmoqdalar.
Yoshlarni ijtimoiy faollashtirish, xotin-qizlar bandligini oshirish, aholining ma’lum bir qatlamini kambag‘allikdan chiqarish, mahallalarda jamoa va fuqarolar o‘rtasida pozitiv kayfiyatni shakllantirish, xalq farovonligi va yurt tinchligini ta’minlashda konstitutsiyaviy huquq va majburiyatni anglay bilish borasidagi tadbirlar “Yangi O‘zbekiston – yangicha dunyoqarash” nomini olgan tashabbusning asosiy maqsadlaridandir.
Ana shunday maqsadlarni ko’zlab tashlil etilgan navbatdagi tadbir Buxoro viloyatida qad ko’targan 10-sonli musiqa va san’at maktabida bo’lib o’tdi. Unda Toshkent moliya instituti rektori T.Teshabaev mamlakatimizda ustoz va murabbiylarning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini mustahkamlashdagi olib borilayotgan keng ko’lamli ishlar haqida nutq so’zladi.