“Yangi O‘zbekiston – yangicha dunyoqarash” shiori ostida respublika bo’ylab tadbirlar o’tkazilmoqda.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida respublika bo’ylab oliy ta’lim muassasalari rahbar-hodimlari, respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi targ‘ibotchilari, siyosatchilar hamda olimlardan iborat targ‘ibot guruhlari ishtirokida “Yangi O‘zbekiston – yangicha dunyoqarash” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy, madaniy tadbirlar o‘tkazilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining axborot texnologiyalari va yoshlar bo‘yicha o‘rinbosari Y.Absoatov, Toshkent moliya instituti rektori T.Teshabaev hamda Buxoro davlat universititeti rektori O.Hamidov boshchiligidagi targ‘ibot guruhi Buxoro viloyati doirasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ta’lim-tarbiya tizimidagi yangiliklar, ustoz va murabbiylarning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini mustahkamlashdagi olib borilayotgan keng ko’lamli ishlar, yosh avlod taqdiriga, bu orqali mamlakat taraqqiyotiga berilayotgan e’tibor haqida viloyatning barcha shahar va tumanlarida hamda mahallalarda ma'naviy-ma'rifiy targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazmoqdalar.