Yaponiya universitetlari bilan hamkorlik aloqalari kengaymoqda

Yaponiya universitetlari bilan hamkorlik aloqalari kengaymoqda


2022-yil 27-29 sentyabr kunlari Yaponiyaning Tokyo shahrida o‘tkazilayotgan “O‘zbekiston va Yaponiya universitetlari rektorlarining To‘rtinchi forumi” doirasida institutning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori professor S.Mexmonov Yaponiyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalari rahbar-xodimlari bilan yangi hamkorliklarni tashkil etish, o‘rnatilgan hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish maqsadida B2B uchrashuvlar o‘tkazmoqda.





Jumladan, Nagoya iqtisodiyot universiteti prezidenti (Saburi Haruo), Tsukuba universiteti prorektori (Caroline Benton) va Bunkyo Gakuin universiteti xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i (Omoteno Natsuki) bilan ikki tomonlama o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish, almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish, xususan qo‘shma bakalavriat va magistratura ta’lim dasturlarini amalga oshirish, professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun qisqa muddatli stajirovkalarni tashkil etish kabi masalalar muhokama etildi.





Uchrashuvlar davom etmoqda.

10:36 / 2022-09-28
Success helper
Success warning