Bugunning dolzarb masalasi:yoshlar bandligi
Joriy yilning 13-aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar bandligini ta'minlash va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish chora-tadbirlariga bag‘ishlangan videoselektorda qo’yilgan masala yuzasidan oliy ta’lim muassasalari faoliyatini tanqid qildi va tashkilot rahbarlariga qat’iy topshiriqlarni berdi.
Mazkur topshiriqlar ijrosi yuzasidan 14-aprel sanasida institutning kengaytirilgan tarkibdagi jamoasi oliy o‘quv yurti atrofidagi mahallalardagi uyushmagan yoshlarni xorijiy tillar, kompyuter savodxonligi, sport, madaniyat va kitobxonlik to‘garaklariga jalb etish, ularning ma'naviy dunyoqarashini shakllantirishga ko‘maklashish borasidagi tadbirlar rejasini muhokama qildilar.
“Yoshlar bandligi masalasida mening “Talabalar kengashi” jamosidan umidlarim katta. Chunki aynan sizlar bugunning yoshlarisiz va sizlarning tengdoshlaringizga ta’sir doirangiz, o’rnak bo’la olish imkoniyatingiz kattadir. Bu borada sizlarning har bir tashabbusingiz institut rahbariyati tomonidan to’liq qo’llab-quvvatlanadi” – deya ta’kid etdi institut rektori.