Krasnoyarsk shahrida bo'lib o'tayotgan “Yozgi universitet-2022” loyihasida Toshkent moliya instituti talabalari va professor-oʻqituvchilari ishtirok etishmoqda

Krasnoyarsk shahrida bo'lib o'tayotgan “Yozgi universitet-2022” loyihasida Toshkent moliya instituti talabalari va professor-oʻqituvchilari ishtirok etishmoqda

Joriy yilning iyul oyida Rossiya Federatsiyasi Ilm va oliy taʼlim vazirligi hamda Sibir Federal Universiteti tomonidan Krasnoyarsk shahrida talabalarning bilimini oshirish, doʻstlik rishtalarini bogʻlash va maroqli dam olishlarini taʼminlash maqsadida “Yozgi universitet-2022” loyihasi tashkil etildi.



Ushbu loyiha xalqaro doirada tashkil etilgan boʻlib, unda Rossiya Federatsiyasining 7 ta okrugida faoliyat yuritayotgan 14 ta universitet ishtirok etmoqda.





Sibir Federal Universitetida tashkil etilgan “Yozgi universitet-2022” loyihasi “Real va virtual dunyoda global tadbirkorlik: ESG-iqtisodiy transformatsiya” mavzu doirasida boʻlib, unda Oʻzbekiston, Belarus, Tojikiston, Qozogʻiston Respublikasi vakillari ham ishtirok etishmoqda.

13:00 / 2022-07-16
Success helper
Success warning