Toshkent shahar Yunusobod tumani moliya bo‘limi hamda Yunusobod tumani statistika bo‘limi hamkorligidagi qo‘shma amaliyot darslari
2019-yilning 10-dekabr kuni institut hamda korxona, tashkilot va muassasalar bilan hamkorlikda qo‘shma amaliyot mashg‘ulotlarini o‘tkazilishi bo‘yicha ko‘rsatib o‘tilgan vazifalarni ijrosini ta’minlash hamda TMI “Moliya” fakulteti MM-21 va MM-74i guruhlari talabalarining “Davlat budjeti” fanidan o‘tilgan “Ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalari xarajatlarini rejalashtirish va moliyalashtirish” mavzusi doirasida olingan nazariy bilimlarini yanada mustahkamlash maqsadida Toshkent shahar Yunusobod tumani moliya bo‘limi hamda Yunusobod tumani statistika bo‘limlarida “Davlatiy moliya” kafedrasi katta o‘qituvchilari Sh.K.Xamdamov tashabbusi bilan qo‘shma amaliyot darslari tashkil qilindi.
Dars davomida talabalar ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalari xarajatlarini rejalashtirish va ularni mablag‘ bilan ta’minlashga doir ish xujjatlarini yuritish, ularda qayd etilgan hisob-kitoblarining amaliy mexanizmlari, ish xujatlarini tizimlashtirish va budjet tashkilotlari hamda moliya organlari o‘rtasida axborot almashinuv doirasida qo‘llaniladigan axborot texnologiyalari va ularning integrallashuviga doir ma’lumotlar bilan tanishdilar.