Buyuk bobolarimiz merosi – beqiyos maʼnaviy xazina

Buyuk bobolarimiz merosi – beqiyos maʼnaviy xazina

Joriy yilning 14-fevral kuni Toshkent moliya institutida o‘zbek mumtoz adabiyotining zabardast vakili, buyuk davlat arbobi, mohir sarkarda, olim va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 539 yilligini munosabati bilan “Buyuk bobolarimiz merosi – beqiyos maʼnaviy xazina” mavzusida  maʼnaviy-maʼrifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi,  shoir Bobur Bobomurod, “O‘zbek va rus tillari” kafedrasi mudiri dotsent Nilufar Yunusova, O‘zbek va rus tillari kafedrasi professori Nishonboy Husanov, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etishdi.





Tadbirda so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda keyingi yillarda xalqimizning boy madaniy merosi, ayniqsa, buyuk bobokalonlarimiz Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqa ko‘plab allomalar tomonidan yaratilgan nodir, bebaho ilmiy asarlarning jahon taraqqiyoti, ilm-fani rivojidagi ahamiyati, ilmiy salohiyati, insoniyat tafakkurining, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlod maʼnaviyatining yuksaltirishdagi o‘rni va roli nihoyatda muhim ekanligini taʼkidladi. Xususan, Bobur hayoti va ijodi, o‘lmas asarlari, boburiylarning Hindiston taraqqiyotidagi o‘rni va roli nihoyatda katta ekanligi aytildi.








Tadbir davomida Zahiriddin Muhammad Bobur g‘azallaridan bo‘yicha talabalar o‘rtasida bahru bayt o‘tkazildi. Eng faol ishtirok etgan talabalarga kitoblar sovg‘a qilindi.

02:12 / 2022-02-15
Success helper
Success warning