Toshkent moliya institutida Abdulla Qahhor ijod muzeyi ochildi

Toshkent moliya institutida Abdulla Qahhor ijod muzeyi ochildi

Abdulla Qahhor oʻzbek adabiyotiga hikoya janrining mislsiz ustasi sifatida kirib kelgan. Ustoz yozuvchi hattoki oʻzbeklarning Chexovi darajasida ulugʻlangan.


Abdulla Qahhor yozuvchi sifatida oʻzbek tilini nozik his etuvchi va uning boy imkoniyatlaridan mahorat bilan foydalanuvchi qalamkash edi.


Bugungi kunda mamlakatimizda buyuk yozuvchining hayot yoʻli hamda ijodini koʻproq tatbiq etish, yosh avlod shuuriga qoldirgan oʻlmas asarlarini singdirish, bosib oʻtgan hayot yoʻlini namuna sifatida koʻrsatish borasida koʻpgina amaliy ishlar qilinmoqda. 


Xususan, joriy yilning 17-sentyabr kuni Toshkent moliya institutida Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Abdulla Qahhor tavalludining 114-yilligiga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.


Tadbirda institut rektori T.Teshabayev,Abdulla Qahhor” uy-muzeyi direktori Sanobar Matlubova, qahhorshunos olim Adhambek Alimbekov, “Abdulla Qahhor muzeyi konsepsiyasining yaratilishi” ilmiy-adabiy maslahatchi Nuriddin Ochilov, professor-oʻqituvchilar, OAV vakillari hamda talabalar ishtirok etishdi.


Maʼnaviy-maʼrifiy tadbir institutda tashkil qilingan “Abdulla Qahhor ijod muzeyi” ochilishi bilan boshlandi. 
Tadbirda soʻzga chiqqanlar Abdulla Qahhorning oʻzbek adabiyotidagi muhim oʻrni, avlodlarga qoldirgan oʻlmas merosi haqida toʻxtalishdi. Shuningdek, Toshkent moliya institutida tashkil etilgan ijod muzeyi talaba-yoshlarga adibning hayoti va ijodini chuqur oʻrganishlari uchun juda katta qadam boʻlganligini alohida taʼkidlab oʻtishdi.


Tadbir talabalar tomonidan tayyorlangan turli sahna chiqishlari hamda sheʼrxonlik kechasiga ulanib ketdi.

 

 

 

 

 

 

 

TMI matbuot xizmati

11:49 / 2021-09-18
Success helper
Success warning