“ACCA akkreditatsiyasini olishda professor-o‘qituvchilarning tutgan o‘rni” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-fevraldagi PQ-4611-son “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorida oliy ta’lim muassasalariga o‘quv dasturlarini buxgalteriya hisobi sohasidagi xalqaro tashkilotlardan akkreditatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risida vazifalar belgilangan.
Mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, joriy yilning 21-noyabrida Toshkent moliya institutida ACCA akkreditatsiyasini olishda o‘qituvchilarga qo‘yiladigan talabalar bo‘yicha seminar – trening tashkil etildi.
Seminar -trening “Profi Training” onlayn-maktabi asoschisi Tatyana Shalonova tomonidan olib borildi.
Treningda ACCA imtihonlari doirasidagi fanlar bo‘yicha o‘qituvchilarning talabalar bilan ishlash tartibi, fanlar doirasida tayyorlanadigan sifatli o‘quv va tarqatma materiallarning ahamiyati va zarurligi, fanlar doirasida videokontentlarning yaratilishi lozimligi hamda talabalarning fanlarni o‘zlashtirish bo‘yicha o‘qituvchi tomonidan bajariladigan amallar bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi.
Bundan tashqari, seminar treningda ACCA xalqaro tashkiloti tomonidan akkreditatsiyaga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida ma’lumot almashinildi.