Adabiyotga eʼtibor - kelajakka eʼtibor

Adabiyotga eʼtibor - kelajakka eʼtibor

2022-yil 25-fevral kuni Toshkent moliya instituti Byudjet hisobi va gʻaznachilik fakulteti, “Oʻzbek va rus tillari” kafedrasi professori N.Husanov, dotsent v.b. N.Dilmurodovalar tomonidan Uchtepa tumani “Yangiyoʻl” MFYda “Adabiyotga eʼtibor - kelajakka eʼtibor” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.

 

 

Davra suhbatida professor N.Husanov hamda dotsent v.b. N.Dilmurodovalar mutolaa maʼnaviy ehtiyoj boʻlib, alohida masʼuliyat, eʼtiqod va shijoat, iroda va sabr-chidam soʻrashini, muhimi olam va odam mohiyatiga jiddiy yondashmoq, soʻz va fikr magʻziga kirish orqali hayot manzaralarini keng tushunish vositasi ekanligi haqida batafsil gapirishdi. Anglab oʻqilgan badiiy jihatdan yetuk asar syujeti va uslubi qalb, ong-shuur va sezgilarga ayricha taʼsir koʻrsatib tafakkur zaxirasini samarali boyitishini jonli misollar yordamida tahlil qilishdi. Davra suhbati savol-javobga boy tarzda oʻtdi. Tadbir soʻngida ishtirokchilarga badiiy kitoblar sovgʻa qilindi. Tadbir ishtirokchilari ozlarining barcha qiziqtirgan savollariga tolaqonli javob oldilar.

 

13:19 / 2022-02-26
Success helper
Success warning