“Yoshlarda korrupsiyaga qarshi kurashish immunitetni shakllantirishda taʼlim-tarbiyaning ahamiyati” mavzusida tadbir oʻtkazildi
Joriy yilning 11-may kuni Toshkent moliya instituti akademik litseyida “Yoshlarda korrupsiyaga qarshi kurashish immunitetni shakllantirishda taʼlim-tarbiyaning ahamiyati” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Unda Toshkent moliya instituti Korrupsiya qarshi kurashish “Komplaens Nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi boshligʻi S.Darvishov, bosh mutaxassisi Sh.Bolibekov, Menejment va marketing kafedrasi dotsenti S.Sobirjonov, Toshkent shahar IIBB Olmazor tumani IIB FMB katta profilaktika inspektori A.Narbayev, litsey pedagog-xodimlari hamda oʻquvchi-yoshlar ishtirok etishdi.
Tadbirda soʻzga chiqqanlar “korrupsiya” soʻzining lugʻaviy maʼnosi, uning jamiyatda ildiz otish sabablari, salbiy oqibatlari xususida toʻxtalib oʻtishdi. Yoshlarda korrupsiyaga qarshi kurashish immunitetni shakllantirishda taʼlim-tarbiyaning ahamiyati juda muhim ekanligi alohida ta’kidlab o’tildi. Shuningdek, tadbir ishtirokchilari tomonidan qoʻshimcha ravishda oʻquvchilarga kiber jinoyat toʻgʻrisida ham maʼlumotlar berib oʻtildi.
Tadbir juda qiziqarli va sermazmun oʻtdi. Oʻquvchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, savollariga mazmunli javob oldilar.