Toshkent moliya institutida AT “Aloqabank” vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi

Toshkent moliya institutida AT “Aloqabank” vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi


Joriy yilning 16-mart kuni Toshkent moliya institutida AT “Aloqabank” vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Unda institut rektori, professor Teshabayev Toʻlqin Zakirovich, AT “Aloqabank” raisi maslaxatchisi Umarov Olimjon Muhamadjanovich va Bank boshqaruvi raisi oʻrinbosari Maxkamov Farrux Murodovich, professor-oʻqituvchilar hamda talabalar ishtirok etishdi.







Ochiq muloqot tarzida tashkil etilgan ushbu uchrashuvda  AT “Aloqabank” raisi maslaxatchisi Umarov Olimjon Muhamadjanovich bugungi kunda bank va umuman iqtisodiyot sohasida IT texnologiyalarning qoʻllanilishi, bu borada bankda olib borilayotgan ishlar xususida toʻxtalib oʻtgan boʻlsalar, Bank boshqaruvi raisi oʻrinbosari Maxkamov Farrux Murodovich esa AT “Aloqabank”da ish jarayoni, ishga kirish uchun qoʻyiladigan talablar, talabalar nazariy fanlar  bilan birgalikda amaliyotda eʼtibor berishi kerak boʻlgan koʻnikmalar xususida toʻxtalib oʻtdilar.

Shuningdek, bank tomonidan tomonidan eʼlon qilingan 4 mln. AQSH dollari boʻlgan startap tanlovi haqida ham maʼlumot berildi. Mazkur tanlov talabalar oʻrtasida katta qiziqish oʻygʻotdi hamda talabalar ushbu tanlovda ishtirok etish istagini bildirishdi.







Qayd etilganidek, uchrashuv ochiq muloqot tarzida tashkil etilib, bevosita savol-javob tarzida davom etdi. Talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishdi.

01:12 / 2022-03-18
Success helper
Success warning