Amaliy dars mashg‘uloti - Toshkent tovar tashqi Iqtisodiy faoliyat bojxona postida
«Soliqlar va soliqqa tortish» kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan “Fan, taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasi” yuzasidan hamkorlik bojxona organlari bilan ham tizimli ravishda amalga oshirilib kelmoqda.
Amaldagi hamkorlik doirasida joriy yilning 11-mart kuni "Soliqlar va soliqqa tortish" kafedrasi dots. v.b. B.Ibragimov tomonidan «Soliqlar va soliqqa tortish» bakalavriat taʼlim yo‘nalishi 2-kurs talabalarini kelishilgan dastur asosida Toshkent tovar tashqi Iqtisodiy faoliyat bojxona postiga olib bordi.
Talabalar dars jarayonlarida o‘rgangan nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Mutaxassislar tomonidan aynan kundalik amalga oshiradigan ish jarayonlarini, kompyuter dasturiy ta'minotlar bilan ishlash tartiblarini talabalarga real operatsiyalar misolida ko‘rsatib berishdi. Xususan, bojxona qiymatini aniqlash sohasidagi masalalar, ularning amaliy yechimlari, uchraydigan tahliliy holatlar xususida talabalarga aniq faktlar orqali tushuntirish berildi.
Mazkur amaliy dars jarayoni talabalarda o‘z kasbiga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otgani bilan alohida ahamiyat kasb etdi.