Institut vakillari amaliy tashrif bilan Andijon viloyatida

Institut vakillari amaliy tashrif bilan Andijon viloyatida

Joriy yilning 19-aprel kuni institut Oʻquv ishlari boʻyicha prorektori S.U.Mehmonov, rektor maslahatchisi O.Nurmuradov hamda Oʻquv-uslubiy boshqarma boshligʻi I.Choriyev institutga biriktirilgan Oltinkoʻl iqtisodiyot, Margʻilon bank-moliya texnikumlari hamda TMI Andijon fakultetiga tashrif buyurishdi.

 

 

Tashrif davomida institut vakillari texnikum pedagog-xodimlari hamda oʻquvchi-yoshlari bilan uchrashib, bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarga berilayotgan eʼtibor, yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida toʻxtalib oʻtishdi. Shuningdek, hozirda yoshlarimiz taʼlim olishlari barcha imkoniyatlar yaratish davlat siyosati darajasida koʻrilayotganiga alohida urgʻu berilib, oʻz oʻrnida oʻquvchi-yoshlar bilim olishlari, oʻz ustida ishlashlari zarurligi, zamonaviy kasblarni egallashlari, buning uchun esa chuqur bilim olishlari talab etilishi taʼkidlab oʻtildi. 

 

 

 

Tashrifning keyingi manzili  TMI Andijon fakulteti boʻldi. Institut vakillari fakultetdagi taʼlim jarayoni, olib borilayotgan amaliy ishlar, shuningdek, oʻquv-uslubiy taʼminot holati bilan tanishishdi. Fakultet pedagog jamoasi bilan uchrashib, istiqboldagi taʼlim-tarbiya jarayonining aniq chora-tadbirlar rejasi belgilab  olindi.

22:07 / 2023-04-19
Success helper
Success warning